Xitoy bozori O‘zbekiston achchiq qalampiriga eshigini ochmoqda
O‘zbekiston va Xitoy xalq respublikasi O‘zbekistonda yetishtirilgan achchiq qalampirni XXRga eksport qilishga imkon beruvchi protokolni imzoladi. Kun.uz’ga ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini bo‘yicha inspeksiya Xitoy xalq respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi O‘zbekistondan achchiq qalampirni Xitoyga eksport qilishga doir fitosanitar talablar to‘g‘risidagi protokolni imzolagan.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi O‘simliklar karantini bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi va boshqa idoralar bilan hamkorlikda achchiq qalampirning ehtimoliy fitosanitar tahdidlarini aniqlash uchun texnik ma'lumotlarni ishlab chiqish uchun zaruriy ishlar amalga oshirilgan.
Ma'lumot uchun: Xitoy mamlakatga import qilinayotgan mahsulotlar ustidan, importchilarga mahsulotni tekshirish uchun karantinli foydalanishni taqdim etish bo‘yicha jiddiy nazoratni olib boradi. Xitoy hukumati tekshiruv chog‘ida o‘simliklar zararkunandalariga doir muammoga e'tibor qaratadi. Shunga ko‘ra, ikki tomon ham Xitoyga eksport qilinadigan ma'lum bir mahsulotlarning tekshiruvi va karantiniga doir protokol talablarining mazmunini kelishib olishi zarur. Bir to‘xtamga kelishilgach, tomonlar sanitar sertifikat tarkibini tasdiqlab, kelishuvni imzolaydi.
O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinuvchi achchiq qalampir ayni imzolangan protokolda ko‘zda tutilgan sanitar-gigiyenik me'yorlar, fitosanitar qoidalar va talablarga javob berishi kerak. Ushbu hujjat imzolanishi bilan tadbirkorlar Xitoyga yangi mahsulotni eksport qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.
2018 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekistonda xorijiy tajriba asosida achchiq qalampir (chili)ni yetishtirishni oshirish choralari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi.
Shundan so‘ng, respublika bo‘ylab 15 ming gektardan ortiq maydon xorijiy va mahalliy navdagi achchiq qalampir ko‘chatlari qadaldi. Bu mavzu Kun.uz saytida ham keng yoritildi.
Mavzuga doir:
Biroq, yetishtirilgan hosilni xarid qilish ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagani, ko‘p miqdordagi mahsulotni xorijga eksport qilishda, yirik iste'molchi davlatlar tomonidan O‘zbekiston achchiq qalampiriga taqiq qo‘yilgani ortidan mahalliy tadbirkor va fermerlar xarajatlarni qoplay olmadi, aksincha banklardan qarz bo‘lib qoldi.
Mavzuga oid
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024
AQSh O‘zbekiston za’faroni eksporti uchun berilgan ruxsatnoma muddatini uzaytirdi
20:50 / 17.12.2024
O‘zbekistonning 18 tonna zararli pomidori Rossiya bozoriga kiritilmadi
18:11 / 12.12.2024