Kun.uz tahririyatiga Samarqand veterinariya meditsinasi institutining barça tugatilayotgan fakultetlari 3–4 bosqiç talabalari tomonidan murojaat kelib tuşdi.

Murojaat mazmuniga köra, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining barça tugatilayotgan fakultetlarining 3–4-bosqiç talabalari arosatda qolişgan. Ular qişloq xöjaligi institutiga hujjat topşirib, veterinariya meditsina oliygohini tamomlaşga majbur bölişmoqda. Bir qator yönalişlarda öqigan talabalar yangi institut diplomi bilan işga joylaşiş qiyinligini aytişmoqda.

«Biz 2016-2017 yil sobiq Samarqand qişloq xöjaligi institutining «Agroinjineriya», «Agronomiya», «Menejment» fakultetlariga öqişga qabul qilingan edik.

2017 yili biz öqib turgan institut negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti taşkil etildi, ya'ni nomi özgardi. Yangi institut taşkil etilişi bilan, biz öqiyotgan fakultetlar tugatilişga yuz tutdi va bu ta'lim yönalişlariga talabalar qabul qilinmay qöydi.

Şundan keyin Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi PQ–4421-sonli «Toşkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror qabul qilinganini eşitib, qaror bilan tanişib çiqdik.

Qarorda Toşent davlat agrar universiteti Samarqand filiali faoliyatini taşkil etiş töğrisida qayd etib ötilgan, şu bilan birga, «2 oy içida tegişli mutasaddi taşkilotlar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin», deb belgilab qöyilgan.

Biz bundan juda ham xursand böldik va tez fursat içida Vazirlar Mahkamasining ID 7075 sonli qarori loyihasi regulation.gov.uz muhokamalar portalida keng ommaga e'lon qilindi.

Uşbu qaror loyihasining 7-bandi va 4-ilovasida şunday deyilgan: 2019-2020 öquv yilidan SamVMIning bakalavriat ta'lim yönalişlarida tahsil olayotgan 3–4 bosqiç talabalar kontingenti hamda mos ravişda professor-öqituvçilari tarkibini filialga ötkaziş böyiça ma'lumot ilova qilingan.