09:48 / 15.09.2018
9856
Husiylarning Saudi Aramco neft zavodiga raketa hujumi qaytarildi
Foto: AFP / Marwan Naamani

Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Jizon viloyatidagi Saudi Aramco neft kompaniyasiga qarashli neftni qayta ishlash majmuasiga Yaman hududidan otilgan raketani urib tushirdi. Bu haqda Yamanda husiylarga qarshi kurash olib borayotgan arab koalitsiyasi vakili Turki al-Malikiy ma'lum qildi. 

“Jizonga hujum turar joy tumanlarini mo‘ljalga olishga qaratilgan bo‘lgan. Raketa mudofaa kuchlari tomonidan hech qanday talofatlarsiz urib tushirilgan. Hech kim jabr ko‘rmagan”, deb ta'kidlab o‘tgan al-Malikiy. 

Uning aytishicha, husiylar 2014 yilda hokimiyatni qo‘lga olgandan to hozirgi vaqtgacha Saudiya Arabistoni hududiga 195 ta raketa tushgan, buning oqibatida 112 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar yaralangan. 

Avvalroq husiylar “Al-Masira” telekanali orqali Saudi Aramco zavodiga “Badr-1” ballistik raketasi otishganini ma'lum qilishgan. 

Ta'kidlanishicha, Yaman bilan chegaradosh Jizon viloyati muntazam ravishda husiylar tomonidan o‘qqa tutib kelinadi. 

Top