10:12 / 18.09.2018
8175

Biznes akselerator: eng yaxshi biznes loyihalarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilmoqda

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda iqtisodiy sektorni rivojlantirishda tadbirkorlik va innovatsiya uchun qo‘l keluvchi ekotizimni yaratish zarurligi kundek ravshan masala. Bunday ekotizimda startap loyihalar va biznes inkubatorlar muhim rol o‘ynaydi. Startap - bu yosh innovatsion kompaniya bo‘lib, uning zamirida yangi g‘oya yoki texnologiya yotadi. Bunday kompaniyalarning muvaffaqiyatli rivoji uchun moliyaviy, infratuzilmaviy qo‘llab quvvatlov va albatta mutaxassislar ko‘magi kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda esa universitetlar va ilmiy markazlar qoshida joriy etilgan maxsus tuzilmalar - startap aksileratorlar va inkubatorlar qo‘l keladi. 

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, biznes aklsileratorlar va biznes inkubatorlar AQSh va Yevropada biznesni rivojlantirish uchun eng ommaviy yo‘ldir. Ayniqsa, eng foydali va tez rivojlanayotgan segment tabiiy fanlar sohasida yuqori texnologik startaplarga asos solinayotgan bo‘lmoqda.  

Vazirlar Mahkamasining 11 sentabr kuni e'lon qilingan “Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish Vazirligining ilg‘or texnologiyalar markazida innovatsion startap akseleratorlar va startap inkubatorlarga asos solinmoqda. Unga ko‘ra, yuqori texnologik kichik kompaniyalar uchun  infratuzilma, binosi, laboratoriya va jihozlariga imtiyoz asosida taqdim etiladi.

2018 yilning sentabr oyida C.A.T. Science Accelerator loyihasining ilk bosqichi start oldi. Ayni vaqtda akseleratsiya dasturi uchun g‘oyalar va zayavkalar qabul qilinmoqda. Maqsad olimlar, marketologlar, yuristlar va iqtisodchilarni loyihalar ustida yagona jamoa bo‘lish ishlash uchun jamlashdan iboratdir. 

Akselerator Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan StartupFactory  kompaniyasi (bunga qadar IT loyihalar ustida ishlagan) va Green Business Innovation (yashil texnologiyalar va muqobil energiya manbalar sohasida ishlagan konsalting kompaniyasi) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Mazkur g‘oyani O‘zbekiston Innovatsion Rivojlanish Vazirligi, shuningdek  «O‘zbekneftegaz», «O‘zkimyosanoat», «O‘zcharmsanoat» va «Uzsharobsanoat» AJ qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Akseleratordagi ishtirok yosh olimlar va jamoalarga o‘z tajribalar uchun ilmiy maydon, mutaxassislar ko‘magi va qo‘llab quvvatlovini taqdim etish bilan birga, MVP ya'ni loyihaning minimal ishchi talqinini ishga tushirishga ham yordam beradi. Eng yaxshi loyihalar esa yakunda biznesni rivojlantirish   uchun Innovatsion Rivojlanish Vazirligining 100 million so‘mlik investitsiyalarini qo‘lga kiritishi mumkin. Startap loyihalar zayavkasi esa tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, biologiya, kimyo, fizika, geologiya, tog‘ kon, metallurgiya sanoati va effektiv energiya yo‘nalishlarida 5 oktabrga qadar www.cat-sa.uz saytida  qabul qilinmoqda. 

Top