07:58 / 22.09.2018
25069

Prokurorga pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Foto: KUN.UZ

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tuman prokurori B.Suyunov viloyat prokurori nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, «Sherali» QFYda o‘tkazilgan tekshirish bo‘yicha QFY raisi F.Yodgorov unga nisbatan yengillik ko‘rsatilishini so‘rab, evaziga 100 AQSh dollari pora taklif qilayotganligini bildirgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, bildirgiga asosan, Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan 20.09.2018 yilda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, F.Yodgorov tuman prokurori B.Suyunovga 100 AQSh dollari pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan F.Yodgorovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top