02:00 / 24.09.2018
13975
La Liga. "Barselona" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 5-turidan joy olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

"Barselona" o‘z maydonida "Jirona"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 

Maydon egalari safida Messi hamda Pike 1tadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Stuani dubl qayd etdi.

Shuni qayd etish kerakki, 35-daqiqada "Barselona" himoyachisi Langle qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Barselona – Jirona 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 19 Messi, 1:1 – 45 Stuani, 1:2 – 51 Stuani, 2:2 – 63 Pike.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Koutino, 58), Buskets, Vidal (Rakitich, 58), Dembele (Umtiti, 46), Messi, Suares.
Jirona – Bunu, Espinosa, Alkala, Xuanpe, Aday, Portu (Dumbiya, 85), Aleish Garsiya (Garsiya, 46), Granel (Duglas Luis, 72), Pons, Munesa, Stuani.
Ogohlantirishlar: Nelson Semedu (12), Artur (15), Stuani (16), Espinosa (39), Xuanpe (61), Alkala (68), Pike (81).
Chetlatish: Langle (35).

Betis – Atletik 2:2 (0:2, 2:0)

Gollar: 0:1 – 7 Inyaki Uilyams, 0:2 – 18 Raul Garsiya, 1:2 – 51 Bartra, 2:2 – 68 Kanales.
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Firpo (Telo, 62), Mandi, Guardado, Gerrero (Inui, 78), Kanales, Lo Chelso (Moron, 65), Sanches, Sanabriya.
Atletik – Mendibil, Martines, Yyeray Alvares, Berchiche, De Markos, Raul Garsiya (Kapa, 56), Benyat (San Xose, 73), Susayeta, Dani Garsiya, Balensiaga, Inyaki Uilyams (Muniain, 82).
Ogohlantirishlar: Susayeta (38), Yyeray Alvares (40), Benyat (45), Berchiche (50), Kanales (53), Sidney (70), Martines (87), Mendibil (90).
Chetlatish: Susayeta (45).

Top