14:40 / 27.09.2018
3168

Qozon shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish rejalashtirilmoqda

Foto: Wikimedia Commons

27 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi a'zolarining Qozon shahar ijroiya qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda KazanFirst xabar qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida yig‘ilganlar hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.

«Yaqin kunlarda Qozonda O‘zbekistonning bosh konsulxonasini ochish rejalashtirmoqda», - deya aytib o‘tdi O‘zbekistonning Rossiyadagi bosh konsuli Mehriddin Xayriddinov.

Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda u joylashadigan binoni tanlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston vakili Qozon va Tatariston bilan hamkorlik istiqbollarini alohida ta'kidlab o‘tdi. Bildirilishicha, respublikalarda din, madaniyat, boshqa masalalar borasida o‘xshash jihatlar ko‘p.

Top