Ozarboyjonning qadimiy şaharlaridan biri — Ganjada Özbekistonning uşbu mamlakatdagi birinçi faxriy konsulxonasining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Özbekiston faxriy konsulxonasining rasmiy oçiliş marosimi Ganja şahar ijro hokimiyati boşliği Niyazi Bayramov, Ganja şahridagi Turkiya va Gruziya Boş konsulxonalari rahbarlari, işbilarmon doira vakillari, ilm-fan namoyandalari, faol vatandoşlar va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirokida bölib ötdi.

Özbekistonning Ozarboyjondagi birinçi faxriy konsuli etib Kyanan Jalilov tayinlandi.

Faxriy konsulxonasi öz okrugi doirasida mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, investitsiya va sayyohlarni jalb etiş, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga kömaklaşadi.

Rasmiy oçiliş marosimidan söng elçixona xodimlari tomonidan uşbu şaharda istiqomat qilayotgan vatandoşlar uçun sayyor qabul taşkil etildi.