Özbekistonning Dubay şahrida yangi tayinlangan boş konsuli Kamol Ikromov Birlaşgan Arab Amirliklari Taşqi işlar vazirligining Dubay bölimi direktori Şayx Maktum bin Butiy Ol Maktum bilan uçraşdi va konsullik patentini qabul qildi. 

Şayx Ol Maktum yangi tayinlangan boş konsulni Amirliklardagi diplomatik missiyasining boşlanişi bilan samimiy tabrikladi va uning diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat çoğida Özbekiston va BAA örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.  Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qişloq xöjaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida özaro hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş istiqbollari xususida fikr almaşildi. 

Tomonlar Özbekiston va BAA fuqarolarini özaro viza talablaridan ozod qiliş töğrisidagi bitim imzolangani sönggi yillarda ikki davlat erişgan özaro anglaşuvning yuksak darajasi va hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdorlikning tasdiği ekanligini qayd etişdi. 

Kamol Ikromov 44 yoşda. U 2018-2023 yillarda Özbekistonning Nyu-York şahridagi boş konsuli bölib işlagan. Kamol Ikromov Özbekistonning Dubaydagi Boş konsulligiga 2019-2024 yillarda rahbarlik qilgan Alişer Salomov örniga tayinlandi. 

Özbekiston Boş konsulxonasi konsullik okrugiga Dubay, Şarja, Ras al-Xayma, Ajman, Umm al-Kuvayn va Fujayra amirliklari kiradi.