22:10 / 29.09.2018
9674

La Liga. «Barselona» yana ochko yo‘qotdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionati 7-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Barselona» o‘z maydonida «Atletik»ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. 41-daqiqada De Markos hisobni ochdi. 84-daqiqada Munir uni tenglashtirdi. Bu hisob bahs oxiriga qadar o‘zgarmadi. Natijada, «Barselona» qatorasiga uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi.

Bu natijadan so‘ng, «Barselona» 14 ochko bilan 1-o‘rinda, «Atletik» esa 7 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda. 

La Liga, 7-tur
29 sentabr, «Kamp Nou» stadioni
Barselona – Atletik 1:1 
Gollar: 0:1 – 41 De Markos, 1:1 – 84 Munir. 
Barselona – ter Stegen, Langle, Pike, Alba, Serji Roberto (Buskets, 51), Koutino, Rakitich, Dembele (Munir, 80), Vidal (Messi, 55), Nelson Semedu, Suares.
Atletik – Mendibil, Martines (Nolaskoayn, 23), Yyeray Alvares, Balensiaga, Berchiche, Benyat (San Xose, 67), Dani Garsiya, Susayeta, Raul Garsiya, De Markos, Inyaki Uilyams (Aduris, 79).
Ogohlantirishlar: Yyeray Alvares (48), Rakitich (78), Buskets (89), Dani Garsiya (90), Nolaskoayn (90).

Top