14:59 / 04.10.2018
36224

Qozog‘istonda 2009 yilda bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik topildi

Foto: Tengrinews

Olmaotadagi Bosh konsullik tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekiston fuqarosi N.X.Soipov (1990 yil 3 sentabrda tug‘ilgan) aniqlandi, u o‘z qarindoshlari tomonidan 2009 yildan buyon qidirilayotgandi, deya xabar beradi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

«Diplomatik vakolatxona so‘roviga binoan Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etdi, bu esa N.Soipovning qayerdaligini aniqlash imkonini berdi. Unga zarur psixologik yordam ko‘rsatildi va vataniga qaytib ketish uchun sertifikat topshirildi», - deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Ta'kidlanishicha, ayni paytda u O‘zbekistonga qarindoshlari bilan qaytib kelmoqda.

Mavzuga oid
Top