Forbes Kazakhstan naşri Qozoğistonning 2024 yilgi eng badavlat 75 nafar odami röyxatini e’lon qildi.

Unda 54 yoşli Vyaçeslav Kim 5,8 milliard dollarlik davlati bilan yetakçilik qilmoqda. Tadbirkorning asosiy aktivi Kaspi texnologiya-moliya kompaniyasi bölib, uning tarkibiga «Kaspi Magazin», «Kaspi Bank», «Kaspi Pay» va «Kaspi Travel» kiradi. Kim, şuningdek, Kolesa Group, «Alseko», «Allur Group», «Magnum» savdo tarmoği va boşqa kompaniyalarda ham uluşga ega. 

Ikkinçi örinni 5 milliard dollarlik boyligi bilan 57 yoşli Timur Kulibayev egallab turibdi. U «Kazenergy» Qozoğiston neft, gaz va energetika kompleksi taşkilotlari uyuşmasi raisi hisoblanadi. Timur Kulibayev - Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi, uning örtança qizi Dinara Kulibayevaning eri. 

Uçinçi örinda 56 yoşli Dinara Kulibayeva, Qozoğiston Xalq banki aksioneri, Nursulton Nazarboyevning qizi va Timur Kulibayevning xotini. Uning boyligi ham 5 milliard dollarga baholangan. Dinara Kulibayeva – Qozoğistonning eng badavlat ayoli hisoblanadi. 

Forbes Kazakhstan TOP 10 reytingi quyidagiça:

- $5,8 mlrd - Vyaçeslav Kim;

- $5,0 mlrd - Timur Kulibayev;

- $5,0 mlrd - Dinara Kulibayeva;

- $3,6 mlrd - Vladimir Kim;

- $3,3 mlrd - Timur Turlov;

- $2,7 mlrd - Bulat Utemuratov;

- $1,5 mlrd - Ibragimovlar oilasi;

- $0,98 mlrd - Nurlan Smağulov;

- $0,97 mlrd - Sarsenovlar oilasi;

- $0,92 mlrd - Arsen Tomskiy.