01:57 / 06.10.2018
5450

Tunisda favqulodda vaziyat tartibi yana bir oyga uzaytirildi

Foto: CC0 / 12019 /

Tunis prezidenti Baji Kaid As-Sabsiy mamlakatda 2015 yildan beri amal qilayotgan favqulodda vaziyat tartibini 8 oktabrdan yana bir oyga uzaytirishga qaror qildi. 

Bunday qaror 12 mart kuni 7 oyga uzaytirilgan favqulodda vaziyat tartibi muddati yakunlanayotgani sabab qabul qilingan.

Tunisda favqulodda vaziyat tartibi 2015 yildan beri amal qiladi. 2015 yil iyunda Sus viloyatidagi Al-Kantaviy kurortida 40 kishining hayotini olib ketgan terakt sodir etilgan. Shuningdek, mamlakat poytaxtidagi Bardo milliy muzeyiga ham hujum qilingan. 

Favqulodda vaziyat tartibi esa 2015 yil 24 noyabrda IShID jangarilari tomonidan sodir etilgan teraktdan keyin e'lon qilingan. O‘shanda ichki ishlar va turizm vazirliklari binolari yaqinida sodir etilgan portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘lgandi. 

Top