Ugandaning poytaxti Kampala şahrida bölib ötgan Qöşilmaslik harakatining 19-sammiti doirasida Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev boşçiligidagi delegatsiya Bahrayn taşqi işlar vaziri Abdullatif bin Raşid Al-Zayoniy, Tunis taşqi işlar vaziri Nabil Ammor, Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri örinbosari Valid bin Abdulkarim al-Harijiy, Ummon taşqi işlar vaziri örinbosari Xalifa bin Ali Al-Harsiy va Quvayt amirining maxsus vakili Tariq Al-Banai bilan alohida uçraşuvlar ötkazdi.
TIV ma’lumotiga köra, muzokaralarda Özbekiston bilan uşbu davlatlar örtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Turli daraja va şakllarda bölajak qöşma tadbirlar va taşriflar jadvali yuzasidan fikr almaşildi.
Taşqi siyosat idoralari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, iqtisodiy diplomatiyani jadal ilgari suriş, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaş böyiça takliflar körib çiqildi.
Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev boşçiligidagi delegatsiya Uganda poytaxtida Qöşilmaslik harakatining vazirlar yiğilişida iştirok etdi.









