8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

14:30 / 07.10.2018 143159

Nurmagomedov jangdan keyingi mojaroga izoh berdi

Фото: Isaac Brekken/Getty Images

UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorga qarshi g'alabali jangdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida yuzaga kelgan mushtlashuvga nima sabab bo'lganini ma`lum qildi.

«Men Nevada shtati sport komissiyasidan uzr so'ramoqchiman. Las-Vegasdan ham uzr so'rayman. Bilaman, o'zimni yaxshi tomondan ko'rsata olmadim. Ammo men ham oddiy odamman va nima uchun hozirda faqat men oktagondan chiqqanim muhokama qilinayotganini tushunmayapman.

Nima uchun hech kim mening dinim, mamlakatim va otamga qaratilgan gaplarni eslamayapti?

U Bruklinda avtobusga hujum qilgandi. U bir necha kishini o'ldirib qo'yishiga bir baxya qolgandi. Bunga nima deysiz? Nega hozir hech kim bu voqeani eslamayapti? Nima uchun odamlar hozir faqat men qafasdan qanday sakrab chiqqanimni gapirishmoqda? Men tushunmayapman.

Otam meni kamtarlikka va odamlarga hurmat bilan munosabatda bo'lishga o'rgatgan. Men aslida boshqachaman. Buni ko'pchilik, Kaliforniyada o'tkazgan 7 yilim davomida bunga guvoh bo'lganlar tasdiqlashi mumkin. Ular aslida qandayligimni bilishadi. 

Men odamlarga yuzlanmoqchiman... jurnalistlarga. Menimcha aynan ular bu o'yinni shunday darajaga olib kelishdi.  Bu o'yinda treshtok (tresh-tok - raqibga hurmatsizlik) bo'lmasligi kerak. Kurashda hamma bir-birini hurmat qilishi kerak. Men avval ham aytgandim — bu o'yinni o'zgartirmoqchiligimni! Men jangchilar bundan buyon raqibi, uning otasi, dini haqida har xil bema`ni gaplarni aytishini istamayman. Bular haqida yomon gaplar aytishingiz mumkin emas. Shaxsan men uchun bu muhim.

Bo'ldi, yigitlar. Kelganingiz, kutganingiz uchun rahmat. Las-Vegas, yana bir bor kechir. Nevada, kechir. Qaytganimda otam ta`zirimni berishini bilib turibman, chunki... u shunchaki mening ta`zirimni beradi.

Yana bir gap. Sizlar Makgregor Putin bilan suratga tushganini ko'p muhokama qilgandingiz. Putin hozirgina menga qo'ng'iroq qildi va mening g'alabam bilan faxrlanishini aytib, meni tabrikladi. Eslaymizmi, men sizlarga aytgandim, 6 oktabr kuni bu yerga kelib, barchasini o'zgartirishimni. Buni uddaladim», — degan Nurmagomedov jurnalistlarga qarata.

7 oktabr kuni tongda o'tkazilgan UFC 229 turnirining asosiy jangida Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorni 4-raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Jang yakunida dog'istonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoasi a`zolari oktagon ichiga kirib Makgregorning o'ziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan to'xtatildi.

Hozirda ushbu holat bo'yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, qoidalarni buzgani uchun Xabib Nurmagomedov diskvalifikatsiya qilinishi va chempionlikdan mahrum qilinishi mumkin. Shuningdek, unga jang uchun to'lanishi kerak bo'lgan gonorar tekshiruv yakunlangunicha muzlatib qo'yilgan.

Top