AQŞning Nevada ştatida, Las-Vegas şahrida UFC 229 turniri doirasida irlandiyalik Konor Makgregor va rossiyalik Xabib Nurmagomedov örtasida jang bölib ötdi. Doğistonlik jangçi jang davomida ustunlik qildi va 4-raundda raqibini böğiş usuli orqali taslim qildi.

«T-Mobile Arena» arenasida keçgan jang yakunida ommaviy muştlaşuv kelib çiqdi, bu janjalni Xabib Nurmagomedov boşladi. U raqib mağlubiyatini tan olgaç, uni haqoratladi, uning qafas taşqarisidagi tarafdorlari tomon oğzidagi kapasini tupurdi va qafasdan çiqib, ularga taşlandi. Keyin oktagonga Nurmagomedov jamoasi vakillari (Nurmagomedovning menejyeri Rizvan Magomedov, çeçenistonlik UFC jangçisi Zubayr Tuxugov hamda sambo böyiça Rossiyaning sobiq çempioni Esedulla Emirgayev) çiqib kelişib, Makgregorni döpposlay boşlaşdi.

Vaziyatga politsiya va qöriqçilar aralaşib, janjalni töxtatdi. UFC prezidenti Deyn Uayt arenaga yiğilgan minglab irlandiyalik muxlislar qarşisida Xabibga kamarni bera olmasligini ma'lum qildi, lekin u jang ğolibi sifatida e'lon qilindi.

Deyn Uaytning aytişiça, bu mojaro tufayli Xabib Nurmagomedov diskvalifikatsiya qilinişi, buning ortidan tituldan mahrum qilinişi, şuningdek, jang uçun gonorardan mahrum etilişi mumkin. Janjal yuzasidan Nevada ştati atletlar komissiyasi tekşiruv olib boradi.

Hozirda komissiya Nurmagomedovga jang uçun tölanişi közda tutilgan 2 million dollarlik gonorarni töxtatib qöygan. Avvaliga komissiya Makgregor uçun ham tölovni (3 million dollar) töxtatmoqçi edi, ammo voqea tasvirlari örganib çiqilgaç, tölov amalga oşirilişiga rozilik berilgan.

Endilikda Makgregorning gonorari ma'qullangan, Nurmagomedovning gonorari tekşiruv tugagunça muzlatib qöyilgan. Bundan taşqari, sportçilarga teletranslyatsiyalardan tuşgan mablağdan uluş va'da qilingandi.

«Yuzaga kelgan janjal tufayli Xabibdan çempionlik kamari tortib olinmasligiga kafolat bera olmayman. Biz Nevada sport komissiyasi qaroriga böysunamiz. Menimça, komissiya keskin qaror qabul qiladi.

Bugun hukumat a'zolari tomoşaga kelişgandi, mojaro boşlangaç, ular zudlik bilan hududni tark etişdi. Bu juda xunuk holat. Endi Xabibda muammolar yuzaga keladi.

Men Konor jamoasi jangçilaridan biri Xabibni öziga çorlaganini kördim. Xabib özini tutib tura olmadi. Xabib jamoasidagi ikki yigit esa oktagonga çiqdi va Konorga ortdan hujum qilişdi. Men körganlar şu.

Nevada atlet komissiyasi voqea tafsilotlarini örganadi. Konorni heç narsada ayblaşmayapti. Xabib va uning jamoasi a'zolari esa şubha ostida. Xabib jamoasidagi uç yigitni qölga olişdi, ammo Konor Makgregor politsiyaga bu şaxslar ustidan da'vosi yöqligini bildirgaç, ularni qöyib yuborişdi.