21:15 / 11.10.2018
6625

Azar o‘z kelajagi haqidagi fikrini aytdi

«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar qishda «Real»ga o‘tmasligini aytdi.

«Qishda «Chelsi»ni tark etamanmi? Yo‘q. Bu haqda ko‘p marotaba aytganman. Yanvarda hech qayerga ketmayman», – deb Azar so‘zlarini keltirmoqda AS.

Avvalroq, londonliklar futbolchini 200 million yevro evaziga «Real»ga qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

27 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan imzolagan shartnomasi 2020 yilgacha mo‘ljallangan.

Top