17:40 / 14.10.2018
8469
Xalqaro basketbol federatsiyasi bosh kotibi Olimpiya o‘yinlari vaqtida hayotdan ko‘z yumdi
Foto: EPA

Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) bosh kotibi va Xalqaro sport federatsiyalari global uyushmasi rahbari shveysariyalik Patrik Baumann 52 yoshida Buenos-Ayresda vafot etdi. TASS tasarrufidagi FIBA matbuot relizida shu haqida ma'lum qilingan. 

"Shanba kuni Buenos-Ayresdagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari vaqtida FIBA bosh direktori Patrik Baumann vafot etdi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, yurak xuruji uning o‘limiga sabab bo‘ldi", - deyiladi xabarda. 

Baumann o‘z karerasini 1994 yilda yurist sifatida boshlagan, 1995 yildan 2002 yilga qadar tashkilot bosh kotibining o‘rinbosari bo‘lgan. 2003 yildan FIBA bosh kotibi lavozimini egallab kelgan. 2018 yilning iyunida tashkilot Braumann bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirgan. U Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan 3x3 basketbol rivojiga katta hissa qo‘shgan.

2013 yildan e'tiboran Braumann Jahon aksildoping agentligi muassislari kengashi (WADA)ga kirgan. Shuningdek u Xalqaro sport arbitraji kengashi (ICAS) tarkibidan ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, 2016 yildan Braumann Xalqaro federatsiyalar global uyushmasini boshqargan. U 2008 yildan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining a'zosi hisoblangan. 

Top