13:55 / 20.10.2018
14564

Oq uy Jamol Qoshiqchi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Foto: REUTERS

Oq uy jurnalist Jamol Qoshiqchining hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlardan so‘ng ta'ziya izhor qildi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Bayonotga ko‘ra, Amerika tomoni hodisani surishtiruvdan o‘tkazish ishlarini jiddiy kuzatishda davom etmoqda. Ta'kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar barcha normalarga javob beradigan shaffof tekshiruvdan manfaatdordir.

«Biz janob Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlarni eshitib qayg‘uga tushdik, uning oilasi, qallig‘i va do‘stlariga ta'ziya izhor etamiz», - deya ta'kidlab o‘tishgan idoradan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya podshohi Qoshiqchining o‘limiga oid ma'lumotlar ortidan amaldorlarni ishdan haydagandi.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top