Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud Umumiy razvedka xizmati rahbarining örinbosari lavozimini egallagan general Ahmad Asiriyni işdan böşatişga qaror qildi. Bu haqda Saudiyaning SPA yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

Şuningdek ta'kidlanişiça, podşohning maslahatçisi Saud al-Qahtoniy ham işdan böşatilgan. Bu kadr özgarişlari haqidagi xabarlar Saudiya Boş prokuraturasining muxolif jurnalist Jamol Qoşiqçi halok bölgani haqidagi bayonoti ortidan paydo böldi. Jurnalist mamlakatning Istanbuldagi konsulxonasida yuzaga kelgan janjal oqibatida vafot etgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Qoşiqçi hayotdan köz yumganini tan olgandi.

Mavjud ma'lumotlarga köra, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida janjal yuz bergan, bu muştlaşuvga olib kelgan, söng Qoşiqçi hayotdan köz yumgan.