12:10 / 23.10.2018
14708

Qoraqalpog‘istonda mudhish YTH: 5 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, joriy yilning 22 oktabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi A-380 «Buxoro-Nukus-Beruniy» avtomobil yo‘lining 680-km.da harakatlanib ketayotgan «Neksiya» rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotgan.

FVV matbuot xizmatiga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Jarohatlangan fuqarolar Beruniy tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Top