Sport | 20:09 / 23.10.2018
2931
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Turnir doirasida bir qator uchrashuvlar, rasmiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi (O‘TA) Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyasi (BBTF) bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘TA bosh kotibi Abduazim Isroilov va BBTF raisi Yuliya Nyuton ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi va memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Jeyd Jons, jahon chempionati sovrindorlari Byanka Uolkden, Muhammad Lutalo kabi sportchilar O‘zbekistonga kelib, mashg‘ulotlar o‘tkazadilar, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Shuningdek, kelasi yili Manchester shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionati oldidan O‘zbekiston terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari aynan o‘sha yerda tashkil etiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasining murabbiy, psixolog, shifokor va boshqa mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi sayti.

Mavzuga oid