Taekvondo WT böyiça Özbekiston milliy jamoasi Olimpiada öyinlarida ilk marotaba beş nafar sportçi bilan qatnaşadi. 

Taekvondo assotsiatsiyasi xabariga köra, Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WTF) Parij-2024 yozgi Olimpiya öyinlari uçun yöllanmalar taqsimotini qayta şakllantirdi. Parijdagi öyinlarda iştirok etadigan Xalqaro Olimpiya qömitasining neytral maqomdagi rossiyalik sportçilar röyxatida taekvondoçilar qayd etilmadi. Katta dubulğa turnirida litsenziyalarni qölga kiritgan rossiyalik sportçilarning örniga Olimpiya reytingida eng yaxşi örinlarni qayd etgan sportçilarga kvota taqsimlab berildi.

+80 kg vazn toifasidagi reytingda oltinçi örinni qayd etgan Tokio-2020 Olimpiadasi iştirokçisi Nikita Rafaloviç ham yöllanmaga ega çiqdi.

Şu tariqa, taekvondo WT böyiça Özbekiston terma jamoasi bölajak Olimpiya öyinlarida öz tarixida ilk bor 3 nafar erkak va 2 nafar ayol sportçi bilan qatnaşadigan böldi (şu vaqtgaça 4 dan ortiq yöllanma bölmagan).

2024 yilgi öyin iştirokçilari:

  • Uluğbek Raşidov (68 kg);
  • Jasurbek Jaysunov (80 kg);
  • Nikita Rafaloviç (+80 kg);
  • Ozoda Sobirjonova (67 kg);
  • Svetlana Osipova (+67 kg).