Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi
Bu uning faoliyatida ketma-ket ikkinchi olimpiada finali.
Parij Olimpiadasida taekvondo bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
-68 kg vaznda Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov yarimfinalda ispaniyalik Xaver Peresga qarshi jang qildi. Qiyin bahsda o‘zbekistonlik 22 yoshli sportchi jarohat olganiga qaramay, oxirigacha kurashdi va g‘alabaga erishdi (7:3, 3:3).

Olimpiadaga jahon reytingi yetakchisi sifatida tashrif buyurgan Ulug‘bek Rashitov turnirdagi ishtirokini hongkonglik Lo Vai Fungni mag‘lub etish (12:0, 9:2) bilan boshlagandi, chorakfinalda esa xitoylik jahon chempioni Lyan Yu Shuadan ham ustun keldi (2:1, 9:2).

Rashitovning navbatdagi raqibi jahon reytingida 6-o‘rinda turgan iordaniyalik Zaid Karim bo‘ladi, u yarimfinalda 2-raqamli Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) ustidan qiyin g‘alabaga erishdi - 2:1 (1:2, 4:2, 10:2). Oltin uchun hal qiluvchi jang Toshkent vaqti bilan 9 avgustga o‘tar kechasi, soat 00:19 da boshlanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Parijdagi olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston taekvondochilar jamoasi besh nafar sportchi bilan tashrif buyurgan.
9–10 avgust kunlaridagi bahslarda quyidagi taekvondochilar bahslarga qo‘shiladi:
–80 kg: Jasurbek Jaysunov — Merhan Barhordari (Eron)
+80 kg: Nikita Rafalovich — Arian Salimi (Eron)
+67 kg: Svetlana Osipova — Astan Katerine Fege (Kot-d'Ivuar)
–67 kg: Ozoda Sobirjonova — Aleksandra Perishich (Serbiya)
Mavzuga oid
20:07 / 13.04.2026
Toshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
18:30 / 11.04.2026
Toshkent taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
08:53 / 13.08.2025
To‘qayev taekvondo bo‘yicha qora kamar oldi va taxtani sindirdi
15:02 / 30.06.2025