09:00 / 02.11.2018
51431
Reklama

Royal ikki konturli isitish qozonlari haqidagi eng kerakli ma'lumot

 Foto: Royal

Innovatsion ikki konturli ROYAL isitish qozonlari hayratlantiruvchi ustunliklarga ega bo‘lib, bir vaqtda uyingizni isitish hamda issiq suv bilan ta'minlash imkoniyatiga ega.

Devorga o‘rnatiladigan yangi ROYAL isitish qozonlari osonlik bilan kam joy egallagan holda har qanday devorga o‘rnatiladi. Ushbu qozonlar innovatsion diagnostika va avtomatik boshqaruv tizimlariga hamda xavfsizlik darajasini yanada yuqori pog‘onaga ko‘taruvchi gaz nazorati hamda seysmik nazorat kabi datchiklarga ega. Gaz nazorati datchiki ROYAL qozonini muttasil nazorat qiladi, zarracha gaz chiqishi bilan  bir damda qozonni avtomatik holda o‘chiradi va muammo haqida sizga xabar beradi. Seysmik nazorat datchiki 4-5 ballik yer qimirlashlari sodir bo‘layotganda qozonni avtomatik holda o‘chiradi va sizni xatardan himoya qiladi.

 Foto: Royal

Isitish qozonidan qulay foydalanish uchun xona termostati o‘rnatilgan maxsus boshqaruv pulti mavjud. Uning yordamida suvni bir zumda qizdiradigan va uyni maksimal darajada isitadigan yoki elektr energiyasini tejab ishlatadigan “tejamkorlik” tizimlarini sozlash imkoniyati bor. Bundan tashqari, tejamkorlikka ulkan hissa qo‘shadigan funksiyalardan biri - bu boshqaruv pultiga o‘rnatilgan taymerdir. Taymer yordamida uyni tark etayotganingizda qozonni o‘chirishingiz va qaytib kelishingizdan oldin yoqib, uyni isitishingiz mumkin.

 Foto: Royal

Yangi ROYAL isitish qozonining eng katta ustunliklaridan biri – bu innovatsion, patentlangan, integratsiya qilingan issiqlik almashuvchi moslamadir. Ushbu moslama tufayli, yangi ROYAL isitish qozoni boshqa isitish qozonlarga qaraganda ko‘proq suv isitishga hamda uzoqroq hizmat qilishga qodir.

Yangi turdagi isitish qozonlarni ishlab chiqarish Janubiy Koreyaning Kiturami kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. Hozirda 15 Alfa, 18 Alfa va 24 Alfa nomli, 150 kv.m. 190 kv.m.  va 240 kv.m. maydonli uyni isita oluvchi modellar ishlab chiqarilishi boshlangan.

 Foto: Royal

Ushbu isitish qozonlarining komplektida 40 metrgacha masofada bemalol ishlaydigan xona termostati o‘rnatilgan maxsus boshqaruv pulti mavjud. Isitish qozoni hattoki yerto‘la yoki qozonxonada o‘rnatilgan holda ham uni uydan turib bemalol boshqarish mumkin.

ROYAL isitish qozonlari bilan bir komplektda koaksial dudburon mavjud. Ushbu dudburonning konstruktiv xususiyatlari tufayli qo‘shimcha ventilyatsiya uskunalari umuman shart emas.

Koaksil dudburon oddiy dudburonlarga qaraganda ancha qulayroq va yuqori xavfsizlik darajasiga ega. 

 Foto: Royal

Qo‘shimcha ma'lumot uchun www.facebook.com/royaluzb saytlariga tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Top