Toşkent şahri hokimligi aholiga murojaat qilib, elektr tizimiga yuklamani pasaytiriş va markazlaşgan issiqlik tizimida haroratni kötariş uçun köp qavatli uylarning issiq suv ta’minotida harorat vaqtinça pasaytirilişini ma’lum qildi.

«Toşkent şahrida havo harorati keskin pasayşi oqibatida issiqlik stansiyalariga uzatilayotgan tabiiy gaz bosimi pasayib ketişi sababli xonadonlarga yetkazib berilayotgan issiq suv taminotida ham, isitiş tizimida ham oxirgi kunlarda harorat sezilarli darajada pasayib ketdi.

Buning natijasida öz xonadonlarini isitiş maqsadida fuqarolar qöşimça elektr moslamalardan foydalanişga majbur bölmoqdalar.

Bu esa öz navbatida transformator stansiyalari va uzatiş simlarida normadan ortiqça yuklamani vujudga keltiryapti, buning oqibatida esa, oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlaş, yonib ketiş kabi avariyalar soni kunlik ön barobaridan oşib ketdi.

Şunga köra, elektr tizimiga yuklamani pasaytiriş hamda markazlaşgan issiqlik tizimi (otopleniye)da haroratni kötariş maqsadida, eng kamida, uç kun davomida köp qavatli uylarning issiq suv ta’minotida haroratni vaqtinça pasaytirişga majburmiz. Bunda suvni isitişga sarflanayotgan tabiiy gaz issiqlik tizimi (otopleniye)ga yönaltiriladi.

Vaziyatni şahrimiz fuqarolari töğri baholaşlariga umid qilamiz va keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, poytaxt aholisidan uylardagi eng zarur xonalarni isitiş va yoritişdan taşqari energiya sarfini imkon qadar kamaytiriş iltimos qilingan.