01:03 / 07.11.2018
8726

Xitoyda itlarni sayr qildirishga kommendantlik soati kiritildi 

Foto: Reuters

Xitoyning Venshan shahri rahbariyati it egalariga itlarini kunduzi sayr qildirishni taqiqladi. Endi it bilan ko‘chaga kechki soat 10dan ertalabki soat 7 gacha chiqish mumkin bo‘ladi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi. 

Bundan tashqari, shahar rahbariyati itning tasmasi bir metrdan oshmasligi va uni faqatgina kattalar sayr qildira olishi haqida qaror chiqargan. Shaharning hayvonlar sog‘lig‘i bo‘yicha inspektorining aytishicha, taqiqlov itlarning odamlarga ko‘plab hujumlari sonini kamaytiradi va quturishning tarqalishiga qarshi kurashda yordam beradi.  

Venshan rahbariyatidagi bir manbaning ma'lum qilishicha, yangi qoidalar shaharliklarning ko‘plab murojaatlariga ko‘ra joriy qilingan. Uning aytishicha, aholi bilan ishlash departamenti har kuni tajovuzkor itlardan shikoyat qilingan bir necha qo‘ng‘iroq olgan. Biroq taqiqlov kiritilgandan keyin shikoyatlar soni kamaygan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, itni belgilanmagan vaqtda ko‘chaga olib chiqish uchun jarima solinmaydi, balki qoidabuzarlar bilan tushuntirish ishlari olib boriladi.

Xitoydagi qonunlarga ko‘ra, itlar egalari itlarini emlatishlari va har yili maxsus litsenziyaga haq to‘lashlari kerak. Itning o‘lchamiga ko‘ra litsenziya narxi 2000 yuangacha (290 dollar) turadi. 

Mavzuga oid
Top