18:08 / 20.11.2018
10497
Reklama

Tola ishlab chiqarish jarayonida zarur bo‘lgan jin va linter dastgoh arralari endi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda

“O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalarining qayta ishlash mavsumi davrida jin va linter uskunalarining arralari eng ko‘p talab etiladigan ehtiyot qismlari hisoblanadi.  2017 yil 23 fevraldagi 2796-sonli “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan mahalliylashtirish hisobiga tizim korxonalariga import qilinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar hajmini va valyuta sarfini kamaytirish maqsadida ushbu arralarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirildi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda “Parmodus energie” MChJ va “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Qorasuv paxta tozalash” AJ ta'sischiligida “Sotton gin” MChJ tashkil etildi. Xitoy xalq respublikasidan texnologik uskunalar xarid qilinib bugungi kunda jin va linter uskunalari arralari ishlab chiqarilmoqda.

Korxonaga keltirilgan texnologik uskunalarning yillik ishlab chiqarish quvvati 1 million 500 ming donadan 2 million donagacha jin va linter uskunalari disklarini tashkil etib, bu ko‘rsatkich bilan “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi paxta tozalash korxonalarini ishlab chiqarish mavsumidagi talabi to‘liq qondiriladi.

Hozirgi kunda ushbu korxonada 10 nafar ishchi o‘rni yaratilib sifatli arralar ishlab chiqarilmoqda. Ushbu arralarning oldingi chet davlatlardan olib kirilganlaridan farqi ishchi soati 1 oydan 2 oygachani tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqariladigan tola tannarxini pasayishiga ta'sir etadi. Bundan tashqari, respublika valyuta fondidan valyuta sarfini bir mavsumda paxta tozalash korxonalarida talab etiladigan 1 000 000 dona arralar sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak o‘rtacha 2 mln. AQSh dollari tejab qolishiga erishilmoqda. 

Shu bilan birga, ushbu turdagi mahsulotlarni eksport qilish maqsadida bugungi kunda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston hamda Ozarboyjon davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Kelajakda ushbu davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi bilan korxona ishlab chiqarish quvvatini oshirish ko‘zda tutilgan.

Reklama huquqi asosida

Top