Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş borasida davlat miqyosida talay işlar qilinmoqda. Aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş uçun zarur şart-şaroitlar va infratuzilmani yaratiş, sport maydonlarida munosib iştirok etişini ta'minlaş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Şu maqsadda «Özpaxtasanoat» AJ va uning tizimida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, jismoniy tarbiya va sport-soğlomlaştiriş yuzasidan joriy yilning 9-11 noyabr kunlari sportning futbol turi böyiça musobaqa ötkazildi.

«Özpaxtasanoat» AJ tizimidagi bu öziga xos turnir murosasiz bahslar ostida keçdi. Unda jami 12 ta jamoa qatnaşdi. Jamoalarning iştiroki ularning sportga bölgan qiziqişlarini yaqqol namoyon qildi. Ular musobaqaga jiddiy tayyorgarlik körganliklarini körsatdilar.

Bölib ötgan musobaqa yakuniga köra 1-örinni «Özpaxtasanoat» AJ jamoasi qölga kiritdi, «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ jamoasi 2-örinni olgan bölsa, 3-örin - Qaşqadaryo va Farğona viloyatlari jamoalariga nasib etdi.

Ğolib jamoalar a'zolariga «Özpaxtasanoat» AJ Boşqaruv raisining qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.

Şuningdek, kelgusida jamiyat tomonidan boşqa sport turlari böyiça ham şu kabi qizğin bellaşuv va musobaqalar doimiy ravişda ötkazib borilişi rejalaştirilgan.