8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

13:48 / 30.11.2018 15581

Lui van Gal Neymarni ortga qaytarmoqchi bo‘layotgan «Barselona»ni ogohlantirdi

Foto: FRANCK FIFE / AFP, CARL RECINE / Reuters

Taniqli niderland mutaxassisi Lui van Gal «PSJ» hujumchisi Neymarning «Barselona»ga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda La Porteria de Beteve nashri xabar bermoqda.

«Menimcha, bu «Barselona» uchun yaxshi emas. Bu – mening shaxsiy fikrim.

Neymar – hali o‘sishga erishishi mumkin bo‘lgan yosh o‘yinchi. U avval jamoa a'zosi bo‘lishni o‘rganib olishi kerak.

Neymar – haddan ortiq individual o‘yinchi. Shuning uchun ham men «Barselona» uni ortga qaytarish masalasida yetti o‘lchab bir kesishi kerak, deb hisoblayman», - degan van Gal.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Neymarga uchta shart qo‘ygani ma'lum bo‘lgandi. Birinchidan, braziliyalik «PSJ»dan ketmoqchiligi haqida oshkora e'lon qilishi lozim. Ikkinchidan, futbolchi 2017 yilda jamoani nomunosib tarzda tark etgani uchun muxlislardan uzr so‘rashi shart. Uchinchidan, u maoshining keskin qisqarishiga rozi bo‘lishi kerak (ayni paytda u yiliga 37 million yevro olmoqda).

Top