14:39 / 01.12.2018
16744

Samarqand viloyatida IIB xodimiga jarohat yetkazishdi

Shu yil 24 oktabr kuni Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi, mast holda bo‘lgan M.Yu. shu hududda xizmat olib borayotgan Past Darg‘om tumani IIB xodimini haqorat qilib, chap peshona sohasiga tosh bilan urib jarohat yetkazgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada xodimga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. M.Yu. ushlangan. 

Holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top