Samarqand viloyatida elektromontyor halok bölgan. Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, hodisa 2024 yil 16 fevral kuni soat 18:00 larda yuz bergan.

Paxtaçi tumani elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor bölib işlovçi, 1981 yilda tuğilgan B.S. “Tadbirkor” MFY hududida simyoğoçga çiqib, elektr energiyasida vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf etayotganida kuçli şamol sababli simyoğoç bilan birga yiqilib, vafot etgan. 

Şu kunning özida tuman ETK tomonidan xodimlar bilan ötkazilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş böyiça yuritilgan hujjatlar tegişli tartibda olingan.

2024 yil 17 fevral kuni marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasidan ötkazilgan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.