Samarqand viloyatida ayrim iste’molçilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişlari natijasida tizimga 5 mlrd sömlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 7-9 fevral kunlari «Özenergoinspeksiya», Boş prokuratura, IIV hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari xodimlari hamkorlikda Samarqand viloyatida ötkazgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, oqibatda tizimga 5 mlrd sömlik zarar keltirilgan.
Xususan, Paxtaçi tumanida «X.Q.S.» MÇJga qaraşli issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanişi natijasida 3,3 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Urgut tumanida «S.N.» MÇJga qaraşli işlab çiqariş sexining transformatori özboşimçalik bilan almaştirilgan va uşbu holat böyiça 700 mln söm miqdorida qayta-hisob amalga oşirilgan.
Qayd etilişiça, qoidabuzar iste’molçilarga nisbatan belgilangan tartibda çora köriş uçun tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.












