8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:12 / 05.12.2018 7756

2019 yilda YaIM hajmi 424 trln so‘mga teng bo‘lishi mumkin

2018 yil O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 326,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish 5,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoziga doir loyihasida aytiladi, deb xabar beryapti Kun.uz muxbiri.

Unga ko‘ra, 2019 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 424,1 trln so‘mga teng bo‘lib, o‘sish 5,4 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. 2020 yilda bu raqam mos ravishda 524,1 trln so‘m va 6 foizga teng bo‘lishi mumkin, 2021 yilda - 637,9 trln va 7 foiz.

Shuningdek, loyihada aytilishicha, 2019 yilda bandlik darajasi 12,7 mln kishini, 2020 yilda - 12,9 mln, 2021 yilda - 13,2 mln kishini tashkil etishi mumkin. 

Top