Özbekiston yalpi içki mahsuloti ösişi 2023 yildagi 6 foizlik körsatkiçdan keyin 2024 yilda biroz sekinlaşişi kutilmoqda.
Hukumat joriy yilda 5,6–5,8 foizlik iqtisodiy ösişni prognoz qilgan. Xalqaro moliyaviy institutlarning kutilmalari bundan biroz farq qiladi.
Jahon banki ötgan hafta e’lon qilgan yangi hisobotida 2024 yilda Özbekiston YaIM ösişi böyiça öz prognozini yanvar oyida e’lon qilingan prognoz körsatkiçdan 0,2 foiz bandga pasaytirib, 5,3 foiz deb belgiladi. Keça, 15 aprel kuni esa Osiyo taraqqiyot banki joriy yilda Özbekiston iqtisodiyoti 5,5 foizga ösişini taxmin qildi.
Jahon banki kutilmalari
Jahon bankining “Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari şarhi” nomli yangi hisobotida keltirilişiça, Özbekistonda kutilayotgan fiskal konsolidatsiya çoralari hamda mamlakatning asosiy taşqi savdo hamkorlari bölgan Rossiya va Xitoyga eksport ösişi sur’atlarining sekinlaşişi ehtimolini hisobga olgan holda, YaIM ösişi 2024 yilda 5,3 foizni taşkil etadi.
Iqtisodiy ösiş asosan tuzilmaviy islohotlarning davom etişi hisobiga qöllab-quvvatlanadi. Xususan, bunga davlat korxonalarini restrukturizatsiya qiliş va davlat aktivlarini xususiylaştiriş, şuningdek, energetika sohasini rivojlantirişga yirik sarmoyalar kiritiş ta’sir körsatadi.
Energetika sohasida tariflarni isloh qiliş bilan boğliq ravişda içki energiya bozorida narxlarning nisbatan keskin oşişi hisobiga 2024 yilda inflatsiyaning oşişi kutilmoqda (uşbu jarayon aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya bilan qamrab oliş çoralari bilan birga amalga oşiriladi). Bu tölaqonli inflyatsion targetlaşga ötişni yakunlayotgan Özbekiston Markaziy bankining qat’iy pul-kredit siyosati bilan qisman qoplanadi. Örta muddatli istiqbolda inflatsiya 8 foizgaça sekinlaşişi kutilmoqda, bu esa Markaziy bankning 5 foizlik maqsadli körsatkiçidan yuqori, deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanişiça, 2024 yilda import ösişi sur’atlari mö’tadil bölişi kutilmoqda. Biroq ayrim tovarlar importi iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va aholining ösib borayotgan iste’molini qondiriş uçun foydalanilişini hisobga olsak, import ösişi sur’ati barqaror bölib qoladi.












