Ijro hokimiyati organlari, davlat iştirokidagi korxonalar birinçi rahbarlari asosiy vazifalaridan biri etib öz sohasida xususiy sektor uluşini oşiriş, raqobat şakllangan sohalardagi, şuningdek, ular faoliyatiga xos bölmagan, samarasiz va böş turgan aktivlarini xususiylaştiriş belgilandi.
“Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan xöjalik jamiyatlari (davlat iştirokidagi korxonalar) birinçi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib öz sohasida xususiy sektor uluşini muttasil oşirib boriş, raqobat muhiti şakllangan sohalardagi, şuningdek, ularning faoliyatiga xos bölmagan, samarasiz foydalanilayotgan va böş turgan aktivlarini xususiylaştiriş (sotiş) belgilandi.
Şuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:
- ommaviy savdolarga çiqariladigan aksiya paketlari (uluşlari) röyxati;
- ommaviy savdolarga çiqariladigan davlat va davlat iştirokidagi korxonalarning köçmas mulk obektlari röyxati;
- mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamçi (IPO) yoki ikkilamçi (SPO) ommaviy taklifi ötkaziladigan korxonalar röyxati.
Davlat iştirokidagi korxonalar aksiyalarining ommaviy taklifini ötkaziş jarayonida:
➖qabul qilingan buyurtmalar asosida aksiyalarni uyuşgan savdolarda sotişda oldi-sotdi bitimlari investitsiya vositaçilari tomonidan qat’iy ravişda “Toşkent” RFB savdo maydonçasida röyxatdan ötkaziladi;
➖ mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qiliş “Toşkent” RFB savdo maydonçasida amalda bölgan usullarga qöşimça ravişda, E-AUKSION elektron savdo platformasi, şu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oşiriladi.
















