2023 yilda Özbekiston Respublikasining konsolidatsiyalaşgan budjeti daromadlari – 321 trln sömni, xarajatlari esa – 380 trln sömni taşkil etgan.
Konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari va xarajatlari örtasidagi farq 59 trln söm yoki yalpi içki mahsulotning 5,5 foizi miqdorida bölgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
59 trln sömlik defitsit – Markaziy bankning ötgan yil uçun hisoblangan AQŞ dollarining sömga nisbatan örtaça kursi (11 741 söm)ga muvofiq, 5 mlrd 25 mln dollardan köproqni taşkil etadi.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, oxirgi 5 yillikda konsolidatsiyalaşgan budjet defitsiti quyidagiça bölgan:
- 2019 yilda – 13,2 trln söm;
- 2020 yilda – 26,1 trln söm;
- 2021 yilda – 40,8 trln söm;
- 2022 yilda – 35,2 trln söm;
- 2023 yilda – 59 trln söm.
Eslatib ötamiz, 2023 yilgi davlat budjeti töğrisidagi qonunda defitsit böyiça 3 foizlik limit körsatilgan, lekin davlat xarajatlari daromadlardan keskin ortib ketişi ortidan, budjet qonuniga özgartiriş kiritilib, limit 5,5 foizga kötarilgandi. Yillik taşqi qarz limiti esa 4,5 mlrd dollardan 5,5 mlrd dollargaça oşirilgandi.
Avvalroq, 2024 yilning ikki oyidagi davlat budjeti defitsiti 13 trln sömga yetgani xabar qilingandi. Joriy yil uçun davlat budjeti haqidagi qonunga köra, budjet daromadlari 270,4 trln sömni, xarajatlar esa 280,7 trln sömni taşkil etişi prognoz qilingan. Ya’ni joriy yildagi davlat budjeti 10,3 trln sömlik defitsit bilan tasdiqlangan. Konsolidatsiyalaşgan budjet defitsiti esa 52,6 trln söm yoki YaIMga nisbatan 4 foiz darajasida çegaralangan.













