8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:26 / 07.12.2018 19160

Nurmagomedov Meyvezer bilan qayerda jang o‘tkazishi mumkinligi aytildi

Foto: Getty Images

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov xabar berishicha, o‘g‘li va boks bo‘yicha jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang kelasi yil Grozniyda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar qilmoqda.

Amerikalikning o‘zi rossiyalik jangchi jamoasi bilan bog‘langan. Bahs boks qoidalariga muvofiq o‘tishi lozim.

«Habibning Meyvezer bilan jangi haqiqatdan o‘tkazilishi mumkin. Floydning o‘zi jamoamiz bilan aloqaga chiqdi. Shuning uchun, bu nafaqat har ikki tomonga, balki juda jiddiy investorlarga ham qiziq. Jang 4 may kuni Grozniydagi 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan «Axmat-Arena»da bo‘lib o‘tishi mumkin. Habib yuqori darajadagi bokschilar bilan ko‘p shug‘ullanmoqda va yaxshi natijalarga ega. Biz Makgregor hamda Meyvezerning jangini tomosha qildik, unda Konor 3-4 raund juda yaxshi harakat qildi. Ishonchim komilki, Habib ko‘proq narsaga qodir. Kamida, 7-8 raund. Floydning yoshini va Habibning chaqqonligini e'tiborga olish darkor. Meyvezer hozir 41 yoshda», - dedi katta Nurmagomedov.

Habib Nurmagomedov 27 jangda zafar quchgan. Floyd Meyvezer 50ta bahsning barchasida g‘alabaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari Nurmagomedov va Makgregorning navbatdagi raqiblarini ma'lum qilgandi.

Top