Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregorning bölajak raqiblari haqida gapirdi.
«Endi Konor Dastin Pore bilan jang ötkazişi mantiqan töğri böladi. Toni Fergyuson kamar uçun bahsda Nurmagomedov bilan töqnaş keladi. Keyin uşbu janglarning ğoliblari bir-birlari bilan jang ötkazadilar», - deya Uaytning sözlarini keltiradi MMA Mania.
UFC rahbari ta'kidlaşiça, hozirgi vaqtda asosiy masala rossiyalikning ehtimoliy çetlatilişi hisoblanadi.
«Umid qilamanki, Nurmagomedov bir yildan ortiq muddatga çetlatilmaydi», - deya qayd etib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovni ayblab çiqqandi.












