02:47 / 09.12.2018
15643

La Liga. "Barselona" Kataloniya derbisida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: AP

Ispaniya chempionati 15-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. 

Musobaqa peshqadami "Barselona" safarda "Espanol"ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv "Barselona"ning 0:4 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvda Messi dublga erishgan bo‘lsa, Dembele hamda Suares o‘z hisobiga 1tadan gol yozib qo‘yishdi. 

Espanol – Barselona 0:4

Gollar: 0:1 – 17 Messi, 0:2 – 26 Dembele, 0:3 – 45 Suares, 0:4 – 65 Messi.
Espanol – Lopes, David Lopes, Vila, Lopes, Duarte, Darder (Granero, 74), Mark Roka, Melendo (Garsiya, 63), Sanches, Peres (Baptistao, 59), Iglesias.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Rakitich (Denis Suares, 82), Buskets, Vidal, Dembele (Koutino, 68), Messi, Suares (Munir, 79).
Ogohlantirish: Vila (79).

Top