20:09 / 09.12.2018
34836
Olimlar 2019 yilda tarixdagi eng issiq havo kuzatilishini prognoz qilishdi 
Foto: pixabay

Kaliforniya universiteti olimlari 2019 yil tarixdagi eng issig‘i bo‘lishi mumkinligini prognoz qilishdi. Bunday prognozni olima Samanta Stivenson bermoqda, deb yozdi National Geographic.

Sayyoramizda haroratning bunday ko‘tarilishi Tinch okeani sharqidagi suvning sirtqi qatlami haroratining keskin oshishi sababli yuz beradi. Bu jarayon El-Nino fenomeni deb ataladi.

Oxirgi 4 yilda yuqori haroratlar kuzatilgan, chunki karbonat angidridning atrof-muhitga chiqishi rekord darajalarga yetgan. Bundan Butunjahon meteorologik tashkiloti ma'lumotlari darak bermoqda. 

Olimlar global isish ekstremal ob-havo sharoitlarini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirib kelishmoqda. Bunday ob-havo sharoitlariga o‘rmon yong‘inlari, toshqinlar va kuchli bo‘ronlar kiradi. Ta'kidlash joizki, shimoliy yarimsharda joriy yilda 70 ta tropik bo‘ron yuz bergan, vaholanki uzoq vaqt davomida ular soni yiliga 53 taga yaqinni tashkil qilgan.

Mavzuga oid
Top