2017 yilda Buyuk Britaniyada joylaşgan Reding universiteti iqlim fizigi Elli Xayvud özining Twitterʼdagi sahifasiga (hozirgi X ijtimoiy tarmoği) "Iqlim özgarişi körpaçasi" degan izoh bilan mana şu grafikani joylaştiradi.

Öşanda u hamkasbi tomonidan işlangan grafika keyinçalik iqlim özgarişini aks ettiruvçi surat sifatida maşhur bölib ketişini bilmagandi. Grafika rangli çiziqlardan iborat bölib, iqlim özgarişini ketma-ketlikda aks ettiradi.
Hozirgaça "Iqlim çiziqlari" dunyo faollari tomonidan ijobiy qabul qilindi. Yoş ekofaol Greta Tundberg özining "Iqlim kitobi" muqovasida bu grafikadan foydalanadi. Bundan taşqari, “Economist” jurnali va boşqa naşrlar uni çop etadi.

London Fashion Week’lardan birida uning naqşi tuşirilgan libosi namoyiş qilinadi. Sportçilar özlarining formasi sifatida tasvirdan foydalanişdi.

Hozirgi paytda Yevropada iqlim özgarişi grafikasi ommaviy tarzda namoyiş etilmoqda. "Iqlim çiziqlari" bilan jamoat binolari, jamoat transportlari dekoratsiya qilinyapti. Yaqinda ötkazilgan Meksikadagi musiqa festivalida ham bu tasvir namoyiş qilingan.

Iqlim özgarişi çiziqlari nimani anglatadi?
2017 yilda Reding universiteti iqlimşunos olimi Ed Xokins tomonidan yaratilgan iqlim çiziqlari grafikasi insoniyat harakatlari ta’sirida iqlim özgarişining sodir bölişi va global haroratning uzoq muddatda davomli kötarilib borişini aks ettiradi.
Undagi har bir çiziq 1850 yildan to 2022 yilgaça bölgan davrdagi global haroratning oşib borişini körsatadi. Qizil çiziqlar 2000 yillardan keyingi davrni, kök çiziqlar esa undan oldingi muddatni anglatadi. Öz-özidan qizil çiziqlar davri 1971-2000 yillarga qaraganda issiqroq















