Yaponiyalik muhandis Kuzata Şibata 8 avgust kuni özinig Twitter’dagi sahifasida issiqda salqinlaşga yordam beradigan qurilma yasagani haqida video joylaştirdi. Qurilmaga “T-shirt Pata-Pata” deb nom bergan. Bukilib-oçiladigan mexanik qurilmaning asosiy qismi şimning qoringaça kötarilgan joyiga qistirib qöyiladi. Ikki ilgagi esa futbolka yoki köylakka magnit bilan mahkamlanadi. Ilgaklar bukilib-oçilib, futbolkani yelpib turadi.

Bu qurilma bir körişda juda oddiy va bir qaraşda odamlarning yuziga tabassum yugurtiradi. Çunki issiqda hamma ham kiygan futbolkasini yelpib turişga hafsala topmasligi mumkin.

Bundan taşqari, Kazuya özining oddiy lekin, kundalik hayotda asqatadigan kulgili qurilmalari bilan maşhur. Masalan, qutidagi çipslarni sindirmasdan yuqoriga kötarib beruvçi moslamasi, Hollivud kinolarini eslatadigan kitob oçilganda yoruğlik taratadigan qurilmasi ham köpçilikning tabassumiga sabab bölgan.

2023 yil iyuli oldingi yillardagidan ança issiq kelgani uçun odamlar salqinlaşning tulri usullarini sinab körişdi. Masalan, sal oldirnoq Xitoyda yuzni quyoşdan asraydigan “feysaki” deb nomalangan niqoblar ommalaşgandi.