8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

23:24 / 12.12.2018 5319

Samsung Xitoydagi smartfonlar ishlab chiqaruvchi ikki zavodidan birini yopmoqda

Samsung kompaniyasi Xitoydagi smartfonlar ishlab chiqaruvchi ikki zavodidan birining ishini to‘xtatishini ma'lum qildi. Mutaxassislar buni kompaniya gadjyetlarining Xitoydagi savdosi pastligi bilan bog‘lashmoqda. 

Counterpoint tahliliy agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida Samsung smartfonlari hissasiga Xitoydagi mobil telefonlar bozorining bor-yo‘g‘i 1 foizi to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich oxirgi 5 yilda juda qisqarib ketgan, vaholanki 2013 yilda kompaniya hissasiga Xitoydagi savdolarning 15 foizi to‘g‘ri kelgan. Aynan shu omil kompaniyaning Tyantszin shahridagi zavodi yopilishiga sabab bo‘lgani ehtimol qilinmoqda.  

Kompaniyaning yopilayotgan zavodida 2,6 ming xitoylik ishlagan. Kompaniya rahbariyati qisqartirishlar uchun ularga tovon puli to‘lab berishga va'da bergan. Bu zavodda yiliga 36 mln dona smartfon ishlab chiqarilgan. Kompaniya bor e'tiborini Xoychjoudagi ikkinchi zavodiga qaratmoqchi. Bu korxonada yiliga o‘rtacha 72 mln dona qurilma ishlab chiqariladi. 

Bu orada kompaniyaning Vetnamdagi zavodlarida yiliga 240 mln smartfon ishlab chiqariladi. Mutaxassislarning fikricha, Janubiy Koreya kompaniyasi hozirda asosiy e'tiborini aynan Vetnam va Hindistondagi zavodlariga qaratadi.  

Top