14:09 / 14.12.2018
11475

«Barselona» fanatlari Figu nomini «Kamp Nou»dan olib tashlashni talab qilishdi

Foto: AFP

«Barselona» muxlislarining «A Crit Valent» uyushmasi maxsus bayonot berib, jamoaning sobiq yarimhimoyachisi Luish Figu nomi yozilgan taxtachani «Kamp Nou» stadioni peshtoqidan olib tashlanishini talab qilishdi.

Portugaliyalik futbolchi 2000 yilda Kataloniya klubini tark etib, «Real»ga o‘tib ketgan edi.

Muxlislar uning bu ishini sotqinlik deb baholab, haligacha kechirishmagan va xoinning nomi nega abadiylashtirilganini tushunishmayapti.

Top