8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

17:05 / 14.12.2018 41018

Qozog‘iston avtosanoati yirik investorni jalb qildi. U O‘zbekistonga mintaqaviy raqobatchi bo‘lmoqchi

Foto: Forbes.kz

Xitoyning Genertec (China General Technology Group) shirkatiga kiruvchi SMS (China National Machinery IMP. & EXP. CORP) avtomobillar importi va eksporti bo‘yicha transmilliy davlat kompaniyasi Qozog‘istondagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi - «SariarkaAvtoProm» ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri saytida xabar berilgan.

Foto: primeminister.kz

Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Asqar Maminning qayd etishicha, bu Qozog‘iston avtomobilsozlik sanoati uchun strategik loyiha, u sanoatni rivojlantirish sur'atlari va tashqi bozorlarga chiqish uchun eksport salohiyatini oshiradi.

Qo‘shma korxonani rivojlantirish doirasida hamkorlar sanoatda ishlab chiqarish hajmini 100 ming dona avtomobilga va mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Qo‘shma korxonaga umumiy investitsiyalar miqdori taxminan 1,1 milliard dollarni tashkil etadi.

2019-2021 yillarda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi doirasida JAC, ANKAI, HOWO, HANTENG brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston asosan Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonga eksport qilishi, yangi investor esa Xitoyga bor e'tiborni qaratish niyatida ekaniga qaramay, bu kelishuv, kutilishicha, Qozog‘istonga avtomobillar eksporti sohasida O‘zbekistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, biroq mintaqaviy raqobatchisiga aylanish imkonini berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat»ning 2018 yil birinchi yarmidagi sof foydasi ma'lum bo‘lgandi.

Top