Yilning birinçi yarmi yakunlari böyiça «Özavtosanoat»ning taqsimlangan daromadi 187,6 mlrd sömni taşkil etdi. Bundan kompaniya moliyaviy hisoboti darak bermoqda, deb yozadi Spot.

Şu muddat mobaynida kompaniya 12,4 mlrd söm miqdorida soliqlar va majburiy tölovlarni töladi.

Kompaniyaning soliqlarni tölaşdan avvalgi daromadi 54,5 mlrd sömni taşkil etdi. Daromad soliği 1,8 mlrd sömga teng böldi.

Yilning birinçi yarmida kompaniya sof foydasi 52,6 mlrd sömni taşkil qildi.

Uşbu davrda amalga oşirilgan yirik bitimlar orasida Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive ustav fondiga ötkazilgan 102 mlrd söm (taxminan 12 mln dollar), «Jyeneral Motors Uzbekistan» - 600,5 mlrd söm va «Olmazor kiçik sanoat» zonasiga (555 mln söm) ötkazilgan mablağlarni ta'kidlab ötiş mumkin.