8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

22:18 / 15.12.2018 11802

Hindiston hukumati Toj-Mahalga kirish chiptasi narxini besh baravarga oshirmoqchi

Foto: CC0 / Pixabay/Glavo /

Hindiston hukumati Toj-Mahalga kirish uchun chipta narxini mahalliy aholi uchun 50 rupiydan 250 rupiyga va xorijliklar uchun 13 funtdan 15 funtga oshirishga qaror qildi. Bu mazkur obidaga sayyohlar oqimini kamaytirish imkonini beradi, deb yozadi The Telegraph.

Nashrning yozishicha, Toj-Mahalga tashrif buyuruvchilarning aksariyatini hindistonliklar tashkil etadi va chipta narxining oshishi ularga sezilarli ta'sir qiladi.  

"Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bu chora maqbaraga keluvchilar sonini 15-20%ga kamaytiradi va uni saqlab qolishga yo‘naltiriladigan daromad miqdori oshishiga xizmat qiladi", dedi Hindiston arxeologik xizmati vakili.

Avvalroq sayyohlar oqimini kamaytirish uchun Toj-Mahalga keluvchilar soni kuniga qirq ming kishiga cheklangandi. Bunga qadar bu yerga kuniga 70 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan.

Top