Özbekistonning Hindistondagi elçisi Sardor Rustamboyev Tamil Nadu ştati ma’muriy markazi markazi – Çennay şahriga amaliy taşrifi doirasida Dr. Rela köptarmoqli şifoxonasi ijroçi direktori Ilankumaran Kaliamurti bilan uçraşuv ötkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Özaro muloqot çoğida Hindistonning Aakash va Pratiksha köptarmoqli şifo maskanlarining Özbekistondagi muvaffaqiyatli faoliyati, mamlakat tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 5 ming nafardan köproq hind yigit-qizlari ta’lim olayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Ilankumaran Kaliamurti Özbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan yangilaniş jarayonidan xabardorligini ma’lum qilib, soğliqni saqlaş sohasida birgalikda işlaş istiqbollaridan manfaatdorlik bildirdi.
Uçraşuvda mamlakatimizda Dr. Rela köptarmoqli şifoxonasi bilan hamkorlikda qöşma loyihalarni yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi va şu maqsadda birgalikda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar rejasi böyiça kelişuvga erişildi.












