9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

17:00 / 16.12.2018 11861

Tramp Erdo‘g‘anga Gulenni Turkiyaga topshirish masalasi ustida ish olib borilayotganini aytdi

Foto: AP Photo / Selahattin Sevi

AQSh prezidenti Donald Tramp Buenos-Ayresdagi G20 sammiti doirasida Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘anga Fathulloh Gulenni ekstraditsiya qilish masalasi ustida ish olib borilayotganini aytgan. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma'lum qildi. 

"O‘tgan safar Buenos-Ayresda uchrashuvda prezident Tramp Erdo‘g‘anga ular bu borada ish olib borishayotganini aytdi, ammo biz aniq qadamlarni ko‘rishimiz kerak", dedi Chovusho‘g‘li Dohada bo‘lib o‘tgan anjumanda.

Turkiya hukumati Gulenning FETO tashkilotini 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblamoqda. AQShda yashayotgan Gulen esa bu ayblovni rad etmoqda.

Top